🖼 📋 Oʻzbekiston terma jamoalari markazi ilk bor oʻquv-mashgʻulot yigʻinini qabul qildi Bilasiz, FIFA bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida O...

📋 Oʻzbekiston terma jamoalari markazi ilk bor oʻquv-mashgʻulot yigʻinini qabul qildi

Bilasiz, FIFA bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida Oʻzbekiston terma jamoalari markazi tashkil etilmoqda. Ayni kunga qadar markazning asosiy maydoni foydalanishga topshirilgan boʻlib, unda bir qancha xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlari va turli yosh toifasidagi jamoalarimizning mashgʻulotlari oʻtkazib kelinmoqda.

Bugunga kelib markazdagi foydalanishga shay boʻlgan obyektlar soni kengaydi. Xususan, 4 ta maydon, 2 ta jamoa yashashi uchun sharoit va restoran zamonaviy standartlar asosida tayyor holatga keltirildi. Asker Xalmuratov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-17 jamoasi Markazda yigʻin boshladi. Shu munosabat bilan OʻFA rahbariyati, futbolimiz faxriylari bu yerdagi sharoitlar bilan tanishib, yosh futbolchilar bilan uchrashishdi.

Suhbat davomida mazkur Markaz uzoq yillar davomida Oʻzbekiston terma jamoalariga xizmat qilishi hamda undan koʻplab iqtidorli futbolchilar yetishib chiqishiga tilak bildirildi.

📲 t.me/FAUzbekistan


from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/PhZIwBq

Comments

Popular posts from this blog

2023-2024 oquv yillari uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Toshkent shahar va viloyat futbol akademiyalariga 4-sinfni tamomlagan 10-11 yoshl...

📋 OAV vakillari diqqatiga! Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining bugungi mashgʻulotlari “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda soat 17:50 da ...

🖼 📋 1 iyun Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlab FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi doirasida “Primary school kindergarten” futbol makta...