📋 O'zbekistonlik hakamlar "Fors ko‘rfazi kubogi" uchrashuvlarini boshqarib borishadi 2023-yilning 6-19 yanvar kunlari Iroqning Basra shahri an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan Fors ko‘rfazi kubogiga mezbonlik qiladi. Ushbu musobaqada Osiyoning arab mamlakatlari — Qatar, Saudiya Arabistoni, Iroq, BAA, Oman, Bahrayn, Kuvayt va Yaman terma jamoalari ishtirok etishadi. E’tiborli tomoni, musobaqa tashkilotchilari O‘FAga FIFA hakamlarimiz — Ilgiz Tantashev ( bosh hakam ), Sanjar Shoyusupov ( yordamchi hakam ) va Alisher Usmonov ( yordamchi hakam )ning ishtiroklari bo‘yicha rasmiy taklif yuborgan. 25 marotaba tashkillashtirilayotgan "Fors ko‘rfazi kubogi"da ishlaydigan hakamlarimiz: Ilgiz Tantashev; Sanjar Shoyusupov; Alisher Usmonov. Vakillarimiz musobaqaga joriy yilning 31 dekabr kuni uchib ketishadi. 📲 t.me/FAUzbekistan 📲 t.me/uzfhm from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/hMQPmak