🖼 📋 1 iyun Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlab FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi doirasida “Primary school kindergarten” futbol makta...

📋 1 iyun Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlab FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi doirasida “Primary school kindergarten” futbol maktabida festival boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining ijrosini taʼminlash, shuningdek, FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi yuzasida “Primary school kindergarten” xususiy maktabida festival tashkil etildi.

Dastlab yosh oʻquvchi oʻgʻil-qizlar guruhlarga boʻlinib, murabbiylar qoʻl ostida mashgʻulotlar olib borishdi. Bolalarga futbol oʻynashning asosiy texnik elementlarini yuzasidan koʻnikmalar berildi. 

Tadbirda ishtirok etgan OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov oʻquvchilar bilan samimiy suhbat oʻtkazdi. Oʻgʻil-qizlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Maktab mutasaddilar bilan bolalarning boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish, ularni futbol toʻgaraklariga jalb qilish, maktabda futbol mashgʻulotlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha rejalar belgilab olindi. Tadbir yakunida ishtirokchi oʻquvchilarga esdalik sovgʻalari berildi.


from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/PD7szba

Comments

Popular posts from this blog

2023-2024 oquv yillari uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Toshkent shahar va viloyat futbol akademiyalariga 4-sinfni tamomlagan 10-11 yoshl...

📋 OAV vakillari diqqatiga! Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining bugungi mashgʻulotlari “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda soat 17:50 da ...