🖼 📋 Husniddin Aliqulovning jarohati boʻyicha maʼlumot Milliy terma jamoamizning Falastin bilan boʻlgan mashgʻulot oʻyinining birinchi boʻl...
📋 Husniddin Aliqulovning jarohati boʻyicha maʼlumot
Milliy terma jamoamizning Falastin bilan boʻlgan mashgʻulot oʻyinining birinchi boʻlimida himoyachi Husniddin Aliqulovni ogʻriq bezovta qildi va murabbiylar uni almashtirishdi. Shifokorlar tomonidan Aliqulovga zarur muolajalar koʻrsatildi. Dastlabki koʻrikda uning avvalgi jarohati yana qaytalangani maʼlum boʻldi. Shundan soʻng Qatardagi “Aspetar” klinikasida uning holatini oʻrganish boʻyicha kerakli amaliyotlar bajarildi. Terma jamoamiz tibbiy shtabi barcha xulosalarni oʻrganib chiqdi va Aliqulovning tuzalib qaytishiga taxminan 4 hafta vaqt talab etilishi maʼlum boʻldi. Bu esa unga Osiyo kubogi mobaynida jismoniy holati hamda sport formasini toʻliq tiklashga toʻsqinlik qiladi. Yosh himoyachimizga salomatlik tilaymiz!
📲 t.me/FAUzbekistan

from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/XDHh0vl
Comments
Post a Comment