🖼 📋 Futbol maktablari faoliyati, hududlardagi bolalar-oʻsmirlar hamda ommaviy futboldagi yutuq va kamchiliklar tahlil etildi Oʻzbekiston futbo...
📋 Futbol maktablari faoliyati, hududlardagi bolalar-oʻsmirlar hamda ommaviy futboldagi yutuq va kamchiliklar tahlil etildi
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida hududlarda ommaviy, professional hamda bolalar futbolini rivojlantirish sohasida olib borilayotgan ishlar va mavjud kamchiliklar tahliliga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Videoanjuman shaklida oʻtkazilgan yigʻilishda OʻFA rahbariyati, hududiy futbol assotsiatsiyalar vitse-prezidentlari, assotsiatsiya tizimidagi masʼul mutaxassislar, akademiya rahbarlari, murabbiylar va texnik direktorlar ishtirok etishdi.
Kun tartibiga koʻra, futbol maktablarining yakunlangan yildagi ishlari koʻrib chiqildi. Turli yoʻnalishlar, xususan, infratuzilma, hududiy bolalar ligalari, murabbiylar taʼlimi, ayollar futboli hamda joylarda musobaqa-festivallarning tashkil etilishi tahlil qilindi. Futbol akademiyalari faoliyati, turli yosh toifasidagi Oʻzbekiston terma jamoalari va klublar uchun futbolchilarni tayyorlab berish koʻrsatkichlari aniq maʼlumotlar asosida muhokama etildi.
Bundan tashqari, bolalar va ommaviy futbolni rivojlantirishda musobaqalarni doimiy oʻtkazib borish, bu borada “Maktabda futbol”, “Talabalar ligasi” kabi turnirlar, oʻgʻil-qzilar ishtirokida futzal musobaqalari va festivallarini tizimli tashkil etib borish zarurligi aytildi. Futbol maktablari faoliyatini qayta koʻrib chiqish, infratuzilmani yaxshilash, maydonlar holatini optimallashtirish, murabbiylarning salohiyatini oshirish yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi.
Hududlardagi mutasaddilar va yigʻilish ishtirokchilari yechimini kutib turgan bir qator masalalar hamda ayrim vazifalar yuzasidan oʻz takliflarini bildirib oʻtdilar. Uchrashuv yakunida barcha yoʻnalishlar boʻyicha masʼullar belgilanib, ularga tegishli topshiriqlar berildi, ijro nazorati esa doimiy olib borilishi maʼlum qilindi.
📲 t.me/FAUzbekistan

from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/6hAYILP
Comments
Post a Comment