📸 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyatidagi ta’lim muassasalarida “Maktablarda futbol” – “Football for schools” dasturi asosida festival va musobaqalar o‘tkazib kelinmoqda.
27-dekabr kuni Vobkent tumani sport maktabida futbol festivali o'tkazildi. Ushbu festival-seminarda jami 60 nafar ogʻil-qizlar ishtirok etishdi. Buxoro viloyati futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqa yakunida “Maktablarda futbol” loyihasi doirasida ishtirokchilarga FIFA tomonidan taqdim etilgan maxsus futbol to‘plari va esdalik sovg’alari
topshirildi.
📲 t.me/FAUzbekistan




from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/QUd38SR
Comments
Post a Comment