🖼 📋 Oʻzbekistonda “Huquq va Sport” nomli sport huquqi boʻyicha xalqaro seminar boʻlib oʻtadi Ertaga “Hilton Tashkent City” mehmonxonasid...

📋 Oʻzbekistonda “Huquq va Sport” nomli sport huquqi boʻyicha xalqaro seminar boʻlib oʻtadi

Ertaga “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Rossiyaning “SILA International Lawyers” xalqaro yuridik kompaniyasi hamkorligidagi “Huquq va Sport” nomli xalqaro seminar tashkil etiladi. 

Unda maʼruzachilar sifatida xorijning bir qator taniqli sport huquqshunoslari, jumladan FIFA, “SILA International Lawyers” xalqaro yuridik kompaniyasi vakillari, Sport Arbitraj Sudining arbitrlari, Rossiyaning “Dinamo” hamda “Zenit” futbol klublarining yuridik boʻlimlari rahbarlari ishtirok etadi. 

Mazkur seminar professional futbol klublarida faoliyat yurituvchi huquqshunoslar hamda FIFA TMS menejerlari uchun moʻljallagan boʻlib, dasturda, asosan, FIFA Futbolchilar maqomi va transferi boʻyicha Reglamentidagi eng soʻnggi oʻzgartirishlar, FIFAning Futbol agentlari faoliyati toʻgʻrisidagi yangi Reglamenti, FIFA TMS va futbol transferlari tizimiga oid sport qoidalari, Mehnat shartnomalaridan kelib chiquvchi nizolarni hal qilish amaliyoti kabi masalalar qamrab oladi. Seminar chet eldan tashrif buyuruvchi xalqaro spikerlar tomonidan rus va ingliz tillarida olib boriladi. Ishtirokchilar soni chegaralangan.

📲 t.me/FAUzbekistan



from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/nduDQb1

Comments

Popular posts from this blog

2023-2024 oquv yillari uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Toshkent shahar va viloyat futbol akademiyalariga 4-sinfni tamomlagan 10-11 yoshl...

📋 OAV vakillari diqqatiga! Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining bugungi mashgʻulotlari “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda soat 17:50 da ...

🖼 📋 1 iyun Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlab FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi doirasida “Primary school kindergarten” futbol makta...