🖼 O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Osiyoda tengsiz deb topildi! Qatar poytaxti Doha shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasining “AFC Annual Awar...

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Osiyoda tengsiz deb topildi!

Qatar poytaxti Doha shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasining “AFC Annual Awards” yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Quvonarli tomoni, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi “Yilning eng yaxshi futbol assotsiatsiyasi” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Qayd etish joiz, o‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Osiyoning turli futbol tadbirlariga mezbonlik qildi hamda o‘zaro loyihalarni amalga oshirdi. Xususan, tarixda ilk bor U-23 va U-20 Osiyo chempionatlari, shuningdek, OFKga a’zo assotsiatsiyalar prezidentlari va bosh kotiblari konferensiyasi mamlakatimizda o‘tkazildi. Qit‘a miqyosidagi turli saralash bahslari, klublar o‘rtasidagi turnirlar, ayollar futboli, CAFA musobaqalarida O‘FA faollik ko‘rsatdi. Ushbu sa'y-harakatlar OFK tomonidan munosib e‘tirof etildi.

Mazkur nominatsiyada Eron futbol federatsiyasi va Yaponiya futbol assotsiatsiyasi nomzodlari ko‘rsatilgan edi.

📲 t.me/FAUzbekistan



from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/9ZDf4lO

Comments

Popular posts from this blog

2023-2024 oquv yillari uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Toshkent shahar va viloyat futbol akademiyalariga 4-sinfni tamomlagan 10-11 yoshl...

📋 OAV vakillari diqqatiga! Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining bugungi mashgʻulotlari “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda soat 17:50 da ...

🖼 📋 1 iyun Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlab FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi doirasida “Primary school kindergarten” futbol makta...