📋 Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Coca-Cola Superligasi doirasida ikkita o‘yin bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi Coca-Cola Superligasining 23-tur...
📋 Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Coca-Cola Superligasi doirasida ikkita o‘yin bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi
Coca-Cola Superligasining 23-turidan o‘rin olgan “Buxoro” – “Paxtakor” uchrashuvida ishlagan hakamlar guruhi faoliyati bo‘yicha O‘FA maxsus inspeksiyasi tomonidan tekshiruv o‘tkaziladi.
Shuningdek, “Bunyodkor” – “Neftchi” bahsidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko tomonidan bildirilgan keskin fikrlar hamda ayblovlar qanchalik asosli ekanligi ham o‘rganib chiqiladi. Tekshiruv natijasida mazkur gaplar o‘z tasdig‘ini topsa, aybdorlar jazolanadi. Aks holda nohaq ayblovlar bildirgan mutaxassisga nisbatan tegishli chora ko‘riladi.
📲 t.me/FAUzbekistan
from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/bHFsMUE
Comments
Post a Comment