🔁🖼 Xanchjou-2022: Futbolchilarimiz taqvimida o'zgarish Osiyo o'yinlarining futbol dasturida "C" guruhidan o'rin olgan Timur Kapadze boshchiligid...
Forwarded From OlympicUz
Xanchjou-2022: Futbolchilarimiz taqvimida o'zgarish
Osiyo o'yinlarining futbol dasturida "C" guruhidan o'rin olgan Timur Kapadze boshchiligidagi olimpiya terma jamoamiz taqvimida o'zgarish. Dastlabki qur'a natijasiga ko'ra, ushbu kvartetdan O'zbekiston, Afg'oniston, Suriya va Gonkong jamoalari o'rin olgan edi. Ammo guruh bahslari boshlanishiga 2 kun qolganida Suriya va Afg'oniston futbol jamoalari XIX Osiyo o'yinlarida ishtirok eta olmasligini ma'lum qilgan.
Vaziyatdan chiqish maqsadida O’yinlar tashkiliy qo’mitasi bu holat bo’yicha Osiyo futbol konfederatsiyasiga murojaat qildi va yakunda guruhda qolgan 2 jamoa ishtirokni davom ettirishi ma’lum qilingan. Shu bois, endi O'zbekiston va Gonkong jamoalari o'zaro ikki uchrashuvda kuch sinashgan holda guruh g'olibini aniqlab olishadi. Yangi taqvim bo'yicha o'yinlar 22 va 25-sentyabr sanalariga belgilandi.
—
Ханчжоу 2022: Изменения в календаре выступлений узбекских футболистов
Смена календаря участия отечественной олимпийской сборной во главе с Тимуром Кападзе, занявшим место из группы "С" в футбольной программе Азиатских игр. По итогам жеребьёвки в квартет ранее вошли команды Узбекистана, Афганистана, Сирии и Гонконга. Но футбольные сборные Сирии и Афганистана, когда до старта группового этапа состязаний осталось 2 дня, сообщили, что не смогут участвовать в XIX Азиатских играх.
В целях выхода из данного положения, Оргкомитет Игр связался с Азиатской конфедерацией футбола по поводу этой ситуации, и в конечном итоге было объявлено, что оставшиеся 2 команды в группе продолжат участие. Таким образом, теперь в данной группе команды Узбекистана и Гонконга будут определять победителя группы, соревнуясь между собой в двух встречах. Игры по новому календарю назначены на 22 и 25 сентября.

from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/ModJuQ4
Comments
Post a Comment