Superliga va Pro ligada faoliyat yuritadigan hakamlar ishtirokida oʻtgan tur uchrashuvlari yakunlariga bagʻishlangan seminar tashkil qilindi. Unda O...

Superliga va Pro ligada faoliyat yuritadigan hakamlar ishtirokida oʻtgan tur uchrashuvlari yakunlariga bagʻishlangan seminar tashkil qilindi. Unda OʻFA rahbariyati, Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi vakillari, instruktorlar, hakamlar va nazoratchilar ishtirok etishdi. Yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tib, oxirgi tur uchrashuvlarida hakamlar tomonidan qayd etilgan xato va kamchiliklar oʻganib chiqildi, tahlil qilindi va hakamlarga ogohlantirishlar berildi. Xatoga yo‘l qo‘ygan mutaxassislar quyi ligalarga tushirildi.

Seminarni OʻFA vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ochib berib, mamlakatimiz futboli rivojlanishi yo‘lida hakamlik zimmasida ham katta mas‘uliyat yotganini alohida ta‘kidladi:

“Assotsiatsiyaning futbolni rivojlantirish, xususan hakamlikni yangi darajaga olib chiqish yoʻlida olib borayotgan ishlariga barchangiz guvohsiz. Biroq oxirgi paytlarda aynan hakamlik bilan bogʻliq vaziyatlar sababli muxlislarda eʼtirozlar paydo boʻlayotganiga guvoh boʻlyapmiz. OʻFA saviyali hakamlikni oʻzining asosiy yoʻnalishlaridan biri sifatida tanlagani sababli muxlislar ham buni bizdan talab qilishga haqli. Barcha seminarlarda birinchi navbatda professionallikni talab qilamiz. Oʻz bilim va koʻnikmalari ustida doimiy ishlab boradigan hakam VAR yordamisiz uchrashuv tizginini nazorat qila oladi. Aynan shunday yondashuv bilan biz chempionatga boʻlgan ishonch va qiziqishni kuchaytira olamiz. Agar bu vazifalarni toʻliq anglay olmayotgan, oʻz ishiga masʼuliyatsizlik bilan yondashayotganlar boʻlsa, ularning faoliyatini qayta koʻrib chiqamiz. Buyogʻiga faqat sifatli hakamlik kriteriylarga mos keladigan mutaxassislar bilan ishlaymiz va ularni xalqaro darajaga yetishishi uchun barcha imkoniyatlarni taqdim etamiz”, dedi Ravshan Irmatov.

Seminar davomida tajribali ekspertlar tomonidan tayyorlangan videoroliklar yordamida oʻtgan tur uchrashuvlari davomida qayd etilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Xatolar koʻrsatib oʻtilib, kamchiliklarni bartaraf etish, keyingi oʻyinlarda bu xatolarni takrorlamaslik uchun nimalarga ahamiyat qaratish zarurligi boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

📲 t.me/FAUzbekistan



from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/wcp7uMf

Comments

Popular posts from this blog

2023-2024 oquv yillari uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Toshkent shahar va viloyat futbol akademiyalariga 4-sinfni tamomlagan 10-11 yoshl...

📋 OAV vakillari diqqatiga! Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining bugungi mashgʻulotlari “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda soat 17:50 da ...

🖼 📋 1 iyun Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlab FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi doirasida “Primary school kindergarten” futbol makta...