🖼 📸 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari to...
Get link
Facebook
X
Pinterest
Email
Other Apps
📸 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2023-yil 7-apreldagi PQ-115-son qaror ijrosini taʼminlash hamda Osiyo Futbol Konfederatsiyasining Litsenziyalash talablariga muvofiq, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan joriy yilning mart-oktyabr oylari davomida 4 ta yosh toifasida “OʻFA Birinchiligi” musobaqasi oʻtkazib kelinmoqda.
Ushbu musobaqada OʻFA tasarrufidagi futbol akademiyalari, OʻFA huzuridagi futbol maktablari, Respublika oliy sport mahorat maktabi, Superliga va Pro liga futbol klublari qoshidagi futbol akademiyalari va futbol maktablari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari va xususiy futbol klublari ishtirok etmoqda.
Musobaqalar uy-safar tizimida oʻtkazilmoqda. Unda 4 ta yosh toifasida 53 ta klubdan 197 ta jamoa ishtirok etmoqda. Turnir 5 000 ga yaqin futbolchini qamrab olgan. Musobaqaning final bosqichi oktyabr oyi oxiri va noyabr oyi boshida oʻtkazish rejalashtirilgan.
Forwarded From Bolalar o'smirlar va ommaviy futbolni rivojlantirish bo'limi 2023-2024 o‘quv yillari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyat futbol akademiyalariga 4-sinfni tamomlagan, 10-11 yoshli bolalarni tanlov asosida imtihonlarga taklif etamiz. Tanlovda ishtirok etish uchun qabul komissiyasiga topshiriladigan hujjatlar: 📝 O’quvchining ota-onalari tomonidan viloyat futbol akademiya direktori nomiga ariza. 📝 Tug’ilganlik to’g’risida guvohnoma. 4-sinfni tamomlagan haqida maktab tabeli nusxasi 📝 3,5 x 4,5 sm xajmdagi 8 dona fotosurat. 📝 Sport ta’lim muassasalari yoki sport klublari tomonidan berilgan tavsiyanoma. Andijon viloyati futbol akademiyasi Manzil: Andijon viloyati, Andijon shahar, Sho‘rbuloq ko‘chasi 2-uy Ma’lumot uchun telefon: 📞 +998979926779 📞 +998991771910 📞 +998997823377 Namangan viloyati futbol akademiyasi Manzil: Namangan viloyati, Davlatobod tumani 1-kichik nohiya Mustaqillik MFY, Navbahor koʻchasi 15-uy...
📋 OAV vakillari diqqatiga! Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining bugungi mashgʻulotlari “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda soat 17:50 da start oladi. ❗️ Mashgʻulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq. Mazkur mashgʻulotlarda faqatgina OFKdan roʻyxatdan oʻtgan OAV vakillari ishtirok etishlari mumkin. 🎫 OFKdan rasmiy roʻyxatdan oʻtgan OAV vakillari oʻz akkreditatsiyalarini OʻFAda joylashgan akkreditatsiyalar markazidan olib ketishlari mumkin. 📲 t.me/FAUzbekistan from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/LJuFWXY
📋 1 iyun Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlab FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi doirasida “Primary school kindergarten” futbol maktabida festival boʻlib oʻtdi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining ijrosini taʼminlash, shuningdek, FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi yuzasida “Primary school kindergarten” xususiy maktabida festival tashkil etildi. Dastlab yosh oʻquvchi oʻgʻil-qizlar guruhlarga boʻlinib, murabbiylar qoʻl ostida mashgʻulotlar olib borishdi. Bolalarga futbol oʻynashning asosiy texnik elementlarini yuzasidan koʻnikmalar berildi. Tadbirda ishtirok etgan OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov oʻquvchilar bilan samimiy suhbat oʻtkazdi. Oʻgʻil-qizlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Maktab mutasaddilar bilan bolalarning boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish...
Comments
Post a Comment