🖼 📋 O‘zbekiston OFKga a'zo assotsiatsiyalar prezidentlari hamda bosh kotiblari ishtirokidagi formatda ilk bor o‘tkaziladigan konferensiyasiga ...
- Get link
- X
- Other Apps
📋 O‘zbekiston OFKga a'zo assotsiatsiyalar prezidentlari hamda bosh kotiblari ishtirokidagi formatda ilk bor o‘tkaziladigan konferensiyasiga mezbonlik qiladi.
So‘nggi paytlarda OFK tomonidan yurtimizga ko‘plab nufuzli turnirlar hamda qit‘a miqiyosidagi xalqaro tadbirlar mezbonligi topshirilmoqda. Joriy yilning 7-8-oktyabr kunlari yurtimiz qit’a miqyosidagi yana bir muhim tadbirga mezbonlik qiladi. OFKga a'zo assotsiatsiyalar prezidentlari hamda bosh kotiblarining ilk bor o‘tkaziladigan konferensiyasini tashkil etish va uni yuqori saviyada oʻtkazish masalalarini muhokama qilish maqsadida OFK vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida tashkil etilgan uchrashuvda yurtimiz futbolida amalga oshirilayotgan islohotlar va oʻzgarishlar, qit'a miqyosida qoʻlga kiritilayotgan sezilarli yutuqlar e’tirof etildi. Futbolni qoʻllab-quvvatlash, yirik futbol tadbirlariga mezbonlik qilish borasidagi davlat siyosati yuksak baholandi.
OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov OFK rahbarlari va bosh kotiblarining navbatdagi konferensiyasini o'tkazish kelgusida yirik tadbirlarga mezbonlik qilish yoʻlida ulkan tajriba va imkoniyat berishini, uni yuqori saviyada tashkil etish bo'yicha barcha harakatlar amalga oshirilishini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida mazkur yirik tadbirga oid tashkiliy masalalar muhokama qilindi va oldinda turgan vazifalar belgilab olindi.
📲 t.me/FAUzbekistan

from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/FVrv9SW
- Get link
- X
- Other Apps
Comments
Post a Comment