🖼 📋 Indoneziyada o'tkaziladigan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati boshlanishiga sanoqli oylar qoldi. Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi mundi...

📋 Indoneziyada o'tkaziladigan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati boshlanishiga sanoqli oylar qoldi. Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi mundialga tayyorgarlik rejasiga ko'ra, 4-14 sentyabr kunlari Turkiyada yig'in o'tkazgan holda marokashlik futbolchilarga qarshi to'p suradi.

OʻFA rahbariyati mazkur yig'in oldidan Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi aʼzolari bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida oldimizda turgan yirik musobaqa — Jahon chempionatining masʼuliyati haqida fikr bildirildi. Har bir futbolchi professionallik, vatanparvarlik, intilish va mehnatsevarlikni oʻzida mujassam qilgan holda maydonga tushishi kerakligi aytildi.

O'FA rahbariyati murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashdi. Tibbiy shtabga futbolchilarning sogʻligʻi, tiklanishi va vitaminizatsiyalash jarayoniga jiddiy eʼtibor berish, yuqori darajada tibbiy yordam koʻrsatish amaliyotini davom ettirishga koʻrsatma berdi.

📲 t.me/FAUzbekistan



from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/16cOkqQ

Comments

Popular posts from this blog

2023-2024 oquv yillari uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Toshkent shahar va viloyat futbol akademiyalariga 4-sinfni tamomlagan 10-11 yoshl...

📋 OAV vakillari diqqatiga! Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining bugungi mashgʻulotlari “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda soat 17:50 da ...

🖼 📋 1 iyun Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlab FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi doirasida “Primary school kindergarten” futbol makta...