📋 Futzal boʻyicha Osiyo kubogi saralash bosqichiga tayyorgarlik jarayoni koʻzdan kechirildi
7-11-oktabr kunlari Fargʻona shahri 2024-yilgi futzal boʻyicha Osiyo kubogi saralash bosqichi oʻyinlariga mezbonlik qilishidan xabaringiz bor.
OʻFA rahbariyati saralash oʻyinlariga tayyorgarikni koʻzdan kechirish maqsadida Fargʻona viloyatida boʻldi. Oʻyinlar oʻtkaziladigan “Samo” majmuasining maydoni oʻrganilib, kiyim almashtirish xonalari, matbuot anjumani zali va ma’muriy obyektlarni xalqaro musobaqa standartlariga muvofiqlashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha masʼullarga topshiriq berildi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi Osiyo kubogi saralash bosqichida Iroq, Malayziya va Kambodjaga qarshi oʻyin oʻtkazadi. Barcha uchrashuvlar Fargʻona shahrida boʻlib oʻtadi.
📲 t.me/FAUzbekistan

from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/T07yjrS
Comments
Post a Comment