🖼 📋 Ravshan Irmatovni tavallud ayyomi bilan qutlaymiz! Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti, Oʻzbekiston Milliy ...

📋 Ravshan Irmatovni tavallud ayyomi bilan qutlaymiz!

Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari sifatida yurtimiz futboli va sporti ravnaqiga oʻzining hissasini qoʻshib kelayotgan Ravshan Irmatov oʻz tavallud ayyomini nishonlamoqda.

“Globe Soccer Awards” talqini boʻyicha dunyoning 2015-yildagi eng yaxshi futbol hakami, Jahon chempionatlari mutlaq rekordchisi, Osiyoning besh karra eng yaxshi referisi, “Buyuk xizmatlari uchun” va “El-yurt hurmati” ordenlari hamda “Oʻzbekiston iftixori” faxriy nishoni sohibi boʻlgan Ravshan Irmatov 46 yoshni qarshi oldi.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol faxriylari, murabbiylar, futbolchilar va butun futbol jamoatchiligi nomidan Ravshan Sayfiddinovichni tavallud ayyomi bilan muborakbod etib, oʻzbek futboli va sporti rivoji yoʻlida olib borayotgan ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

📲 t.me/FAUzbekistan



from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/Qd8VPs0

Comments

Popular posts from this blog

2023-2024 oquv yillari uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Toshkent shahar va viloyat futbol akademiyalariga 4-sinfni tamomlagan 10-11 yoshl...

📋 OAV vakillari diqqatiga! Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining bugungi mashgʻulotlari “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda soat 17:50 da ...

🖼 📋 1 iyun Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlab FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi doirasida “Primary school kindergarten” futbol makta...