🖼 📋 Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov boshchiligidagi OʻFA delegatsiyasi viloyatdagi futbol infratu...

📋 Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov boshchiligidagi OʻFA delegatsiyasi viloyatdagi futbol infratuzilmasi bilan tanishish, yosh futbolchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrganish, viloyat futbol assotsiatsiyasi moddiy-texnik bazasini yaxshilash, tizimida mavjud muammolarni bartaraf etishdan maqsadida Buxoro viloyatida bo‘ldi. Bilasiz, Buxorodagi sport majmuasi futzal bo‘yicha Jahon chempionatini qabul qilishga da‘vogar obyektlardan biridir. Mutaxassislar ayni vaqtda olib borayotgan tayyorgarlik va ta‘mirlash ishlari bilan yaqindan tanishishdi. Majmuaning FIFA talablariga mos ravishda tayyorlash bo’yicha ko‘rsatmalar berildi. Mashg‘ulot maydoni sifatida qad rostlayotgan Buxoro tabiiy yer resurslari instituti sport zali ham monitoring qilindi.

Delegatsiya a'zolari tomonidan viloyat futbol akademiyasi sharoitlari oʻrganildi. Akademiya murabbiylari va xodimlari bilan suhbat oʻtkazildi. “Maktablarda futbol” lohiyasi doirasida seleksiya ishlarini viloyat bo‘ylab tizimli amalga oshirish talablari belgilandi. Buxoro viloyati futbol assotsiatsiyasi binosi hamda “Buxoro” stadioni koʻzdan kechirildi. U yerdagi muxlislar, jamoalar va ishchilarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. “Buxoro” klubida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Klub bazasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Buxoro viloyati Jondor tumanida barpo etilgan futbol maydoni mutaxassislar tomonidan e‘tirof etildi va ushbu kompleksda tuman ahli muntazam futbol bilan shug‘ullanishi uchun yaxshi sharoitlar yaratilgani aytib o‘tildi.

📲 t.me/FAUzbekistan


from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/PIsKRdc

Comments

Popular posts from this blog

2023-2024 oquv yillari uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Toshkent shahar va viloyat futbol akademiyalariga 4-sinfni tamomlagan 10-11 yoshl...

📋 OAV vakillari diqqatiga! Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining bugungi mashgʻulotlari “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda soat 17:50 da ...

🖼 📋 1 iyun Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlab FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi doirasida “Primary school kindergarten” futbol makta...