🖼 📋 Jizzax viloyatida futbolni rivojlantirish borasidagi ishlar bilan tanishildi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillari hududlarda futbol...

📋 Jizzax viloyatida futbolni rivojlantirish borasidagi ishlar bilan tanishildi  

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillari hududlarda futbol ommaviyligini oshirish, bolalar-oʻsmirlar futbolini yanada rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Jizzax viloyatida boʻldilar. 

Dastlab viloyat bolalar-oʻsmirlar futbol maktabining ish faoliyati, infratuzilmasi va futbolchilar uchun yaratilgan mavjud sharoitlar oʻrganib chiqildi. Ayrim masalalar boʻyicha aniqlangan kamchiliklar va qilinishi kerak boʻlgan vazifalar yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Masʼullar bilan suhbatda akademiyalarning faoliyatini qayta koʻrib chiqish, murabbiylarning salohiyatini oshirish, tarbiyalanuvchilarning toʻgʻri ovqatlanishi, farmakalogiyasi, psixologiyasi, hamda chet tillarini oʻrganishlari, sanitariya yuzasidan topshirilar berildi. 

Bolalar futboli boʻyicha murabbiy va mutaxassislarni zamonaviy texnologiyalardan foydalanish boʻyicha koʻnikmasini oshirish — ustuvor vazifa ekanligi taʼkidlandi. 

Mazkur akademiyada tahsil olayotgan yosh futbolchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov va milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanes tarbiyalanuvchilar safidan kelajakda terma jamoalarimiz sharafini himoya qiladigan yetuk futbolchilar boʻlib yetishib chiqishiga ishonch bildirdilar. 

Shundan keyin “Soʻgʻdiyona” futbol klubiga qarashli sport bazasidagi qurilish jarayonlari koʻzdan kechirildi. Qurilish boʻyicha masʼullarga barcha jarayonlarni jadallashtirish va ishlarini sifatli amalga oshirish zarurligi aytildi. Bazani zamonaviy inventarlar bilan jihozlash yuzasidan kerakli koʻrsatmalar berildi va infratuzilmadan oʻrin olgan keyingi rejalar muhokama qilindi.

📲 t.me/FAUzbekistan


from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/rkqvd3x

Comments

Popular posts from this blog

2023-2024 oquv yillari uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Toshkent shahar va viloyat futbol akademiyalariga 4-sinfni tamomlagan 10-11 yoshl...

📋 OAV vakillari diqqatiga! Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining bugungi mashgʻulotlari “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda soat 17:50 da ...

🖼 📋 1 iyun Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlab FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi doirasida “Primary school kindergarten” futbol makta...