OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov: Oxirgi yillarda terma jamoalarimiz faoliyatini toʻgʻri va tizimli tashkillashtirish yuzasidan ka...
OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov:
— Oxirgi yillarda terma jamoalarimiz faoliyatini toʻgʻri va tizimli tashkillashtirish yuzasidan katta qadamlar tashlandi. Biroq biz yoʻlni boshidamiz, oldimizda qilishimiz kerak boʻlgan ishlarimiz koʻp.
Har bir musobaqadan soʻng murabbiylarimiz oʻzaro yigʻilib, oʻtgan oʻyinlarni tahlil qilishlari, olingan tajribani boʻlishishlari, raqib jamoalar va ularning oʻyin uslublari haqida fikr almashishlari kerak. Bu barcha murabbiylar uchun foydali boʻladi.
Murabbiylar tomonidan oldindagi rejalarimiz muhokama qilinib borilsa, oʻzaro bogʻliq holda yagona maqsad uchun ishlansa, sifat yanada yaxshilanadi.
Yoshlarimiz va oʻsmirlarimiz oʻtgan Osiyo kubogida munosib ishtirok etdilar. Jahon chempionatida orttirgan tajribamiz tufayli Indoneziyada oʻtadigan mundialga tashkiliy, texnik-taktik, jismoniy, ruhiy va farmakologik jihatdan yanada yaxshi holatda yetib boramiz, deb oʻylayman.
Muloqot davomida OʻFA vitse-prezidenti Odil Ahmedov ham oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi:
— Bizda iqtidorli futbolchilar juda koʻp, ularni kashf qilish esa eng muhim va dolzarb vazifamiz. Shu sababli terma jamoa murabbiylari akademiya murabbiylari bilan aloqa oʻrnatgan holda bolalarning rivojlanish va oʻsish koʻrsatkichlarini monitoring qilib borishlari kerak.
Futbolni aldab boʻlmaydi, shu sababli barchamiz oʻz ishimizga astoydil yondashib, oʻzaro tajriba almashib, birgalikda harakat qilsak, albatta ertaga natijasi boʻladi.
📲 t.me/FAUzbekistan
from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/rZigNJ0
Comments
Post a Comment