🖼 Terma jamoalar markazini tashkil etishda Marokash tajribasi oʻrganildi FIFA bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida barpo etilayotgan Oʻzbekiston...

Terma jamoalar markazini tashkil etishda Marokash tajribasi oʻrganildi

FIFA bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida barpo etilayotgan Oʻzbekiston terma jamoalari uchun markazni xalqaro standartlar asosida bunyod etish, jihozlash va faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida boshqa davlatlarning tajribalari ham oʻrganilmoqda.

FIFAning taklifiga binoan OʻFA rahbariyati futbol infratuzilmasi bilan tanishish, xalqaro tajribani oʻrganish va bir qator yoʻnalishlar boʻyicha fikr almashish maqsadida Marokash terma jamoalar markazida boʻldi.

Mazkur markazdan 8 ta standart maydon, 150 oʻrinli futbol akademiyasi, yopiq futbol va futzal inshootlari, ilmiy-uslubiy, tibbiy va reabilitatsiya markazi, texnik direktorlar markazi, milliy terma jamoalar yotoqxonasi va fitnes zallari oʻrin olgan.

Oʻz oʻrnida yurtimizda qad rostlayotgan bazadagi reabilitatsiya va tibbiyot markazi, mashgʻulotlar zali, yopiq sport kompleksi, konferensiya xonalari, zamonaviy restoran va futbolchilar turar joyini xalqaro standartga mos jihozlash boʻyicha kerakli tavsiyalar olindi. Terma jamoalarning tayyorgarlik sharoitlarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish boʻyicha mahalliy mutaxassislar bilan fikr almashildi.

📲 t.me/FAUzbekistan


from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/U2GDwqO

Comments

Popular posts from this blog

2023-2024 oquv yillari uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Toshkent shahar va viloyat futbol akademiyalariga 4-sinfni tamomlagan 10-11 yoshl...

📋 OAV vakillari diqqatiga! Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining bugungi mashgʻulotlari “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda soat 17:50 da ...

🖼 📋 1 iyun Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlab FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi doirasida “Primary school kindergarten” futbol makta...