🖼 📸 Tailandda boʻlib oʻtadigan o'smirlar oʻrtasidagi Osiyo Kubogi start olishiga sanoqli kunlar qoldi. Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi guruh ...
📸 Tailandda boʻlib oʻtadigan o'smirlar oʻrtasidagi Osiyo Kubogi start olishiga sanoqli kunlar qoldi. Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi guruh bosqichida Yaponiya, Hindiston va Vyetnam vakillariga qarshi bahs olib boradi. Musobaqa oldidan jamoamiz Malayziyada so‘nggi yig‘inini o‘tkazadi.
Bugun OʻFA rahbariyati mazkur yirik musobaqa oldidan Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi aʼzolari bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida oldimizda turgan ushbu musobaqaning masʼuliyati haqida fikr bildirildi. Jamoamiz turnirga yuqori darajada tayyorgarlik koʻrib, Urugvay, Argentina, Polsha kabi davatlarida yig'inlar tashkil etildi. Ushbu turnirda terma jamoamiz munosib ishtirok etgan holda yuqori oʻrinni qoʻlga kiritishga tilak bildirildi. Faxriylarimiz har bir futbolchi professionalizm, intilish va mehnatsevarlikni oʻzida mujassam qilgan holda maydonga tushishlari kerakligi, yurtimizdagi barcha futbol muxlislari jamoani qo‘llab-quvvatlab turushini aytdilar.
Shuningdek, O'FA rahbariyati murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashdi. Tibbiy shtabga musobaqa davomida futbolchilarning sogʻligʻi, tiklanishi va vitaminizatsiyalash jarayoniga jiddiy eʼtibor berish, yuqori darajada tibbiy yordam koʻrsatish amaliyotini davom ettirishga koʻrsatma berdi.
Uchrashuv yakunida OʻFA rahbariyati masʼuliyatli turnir oldidan jamoamizga yana bir bor omad tiladi.
📲 t.me/FAUzbekistan

from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/kecRDUj
Comments
Post a Comment