Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullayev Osiyo kubogi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etd...
Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullayev Osiyo kubogi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
U-17 Osiyo kubogi haqida:
Barchaga Assalomu alaykum. Avvalambor turnir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Jamoalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Biz bu turnirni intizorlik bilan kutdik. Jamoa tomonidan musobaqaga uzoq tayyorgarlik koʻrildi. Futbolchilar esa ertangi uchrashuvni intizorlik bilan kutishmoqda. Umuman olganda, biz turnirga tayyormiz.
Turnirga tayyorgarlik haqida:
Tayyorgarlik juda yaxshi o'tdi deya olaman. Osiyo, Yevropa va Janubiy Amerikaning eng kuchli jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazdik.
Raqiblar haqida:
Barcha jamoalarni hurmat qilamiz, oʻylashimcha, ularni yetarlicha oʻrganishga harakat qildik. Yaponiya va Hindiston terma jamoalariga qarshi oldin o'ynaganmiz va bir birimizni yaxshi bilamiz. Ushbu musobaqada barcha jamoalar oʻz oldiga aniq maqsadlar qoʻyishgan. Xususan, biz ham. Musobaqada zafar quchib, Jahon chempionatiga yoʻl olishni maqsad qilganmiz.
Barcha jamoalarga omad tilayman.
📲 t.me/FAUzbekistan






from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/OdHaf3j
Comments
Post a Comment