Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimch...

📋 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida futbol maktablari va akademiyalarning faoliyatini takomillashtirish, istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash hamda professional darajada tayyorlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish, terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini yaratish, seleksiyaning raqamlashtirilgan tizimini joriy qilish, futbol infratuzilmasini moddiy-texnik jihatdan yanada yaxshilash hamda xalqaro talablarga moslashtirish yuzasidan topshiriqlar belgilangan.

Ana shu vazifalarning ijrosini taʼminlash va oldindagi rejalashni belgilab olish maqsadida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati, hududiy futbol assotsiatsiyalar hamda Respublikamizdagi futbol akademiyalarining rahbarlari va mutasaddilar ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilish davomida futbol akademiyalari va maktablari faoliyatini toʻgʻri tashkil etish, “Ommaviy futbol” (Grassroots) festival va musobaqalari, umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasidagi “Maktablarda futbol”, OTM talabalari oʻrtasida “Talabalar ligasi” respublika musobaqalari, shuningdek, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar oʻrtasida turnirlarni tashkil etish boʻyicha keyingi vazifalar belgilab olindi.

Hududlardagi mutasaddilar va yigʻilish ishtirokchilari bir qator masalalar yuzasidan oʻz takliflarini bildirib oʻtdilar.

📲 t.me/FAUzbekistan


from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/W0bMrPQ

Comments

Popular posts from this blog

2023-2024 oquv yillari uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Toshkent shahar va viloyat futbol akademiyalariga 4-sinfni tamomlagan 10-11 yoshl...

📋 OAV vakillari diqqatiga! Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining bugungi mashgʻulotlari “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda soat 17:50 da ...

🖼 📋 1 iyun Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlab FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi doirasida “Primary school kindergarten” futbol makta...