Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farmoni bilan OʻFA Marketing va media boʻlimi boshligʻi Davron Fayziyev Sogʻlom tur...
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farmoni bilan OʻFA Marketing va media boʻlimi boshligʻi Davron Fayziyev “Sogʻlom turmush” medali bilan taqdirlandi
“Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farmoni eʼlon qilindi.
Unga koʻra, mamlakatimizda demokratik tamoyillar, soʻz va matbuot erkinligini rivojlantirish, xalqimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash, aholiga xolis va haqqoniy axborot yetkazish, jamiyat va davlat idoralari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash ishlariga qoʻshgan munosib hissasi, yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, yangilanish va innovatsiya jarayonlarini keng yoritish, yosh avlodni ona Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi koʻp yillik samarali mehnati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh OAV vakillari mukofotlandi.
Oʻzbekiston Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi boʻlim boshligʻi, mahoratli jurnalist, xalqimiz orasida hurmat va eʼtibor qozongan sharhlovchi Davron Fayziyev “Sogʻlom turmush” medaliga sazovor boʻlgani munosabati bilan futbol jamoatchiligi nomidan tabriklaymiz!
📲 t.me/FAUzbekistan

from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/ZQKrJzy
Comments
Post a Comment