Oʻzbekiston osmirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullayev va jamoa sardori Lazizbek Mirzayev Koreyaga qarshi uchrashuv o...

📋 Oʻzbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullayev va jamoa sardori Lazizbek Mirzayev Koreyaga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Jamoliddin Rahmatullayev

Ertangi oʻyin haqida:
Barchaga assalomu alaykum. Avvalambor, bu bosqichga yetib kelgan jamoalarni tabriklayman. Ertaga bizni muhim uchrashuv kutib turibdi. Koreya terma jamoasini yaxshi bilamiz. Oxirgi uchrashuvda g‘alaba qozonganmiz. Asosiy maqsadimiz ushbu g‘alaba tasodif emasligini isbotlash. Oʻylaymanki, yarim finalda oʻzimiz uchun kerakli boʻlgan natijani qoʻlga kiritamiz.

Turnir haqida:
Biz katta maqsad va ishtiyoq bilan musobaqaga kelganmiz. Oldimizda turgan minimal maqsad, Jahon Chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdik. Endi esa asosiy maqsadimiz turnirda zafar quchishni uddalashimiz zarur. Oldimizda ikkita muhim uchrashuv kutib turibti. Ularni ijobiy natija bilan hal qilish uchun bor kuchimizni beramiz.

Koreyaga qarshi oʻyin uslubi haqida:
Albatta raqimizni o‘rganib chiqdik. Barcha jamoalarda bo‘lgani singari ularning kuchli va kuchsiz tomonlari bor. Ertaga rejalarimizni amalda ko‘rsatishga harakat qilamiz.

Lazizbek Mirzayev

Ertangi oʻyin haqida:
Assalomu alaykum. Barcha yurtdoshlarimizni Jahon chempionati yoʻllanmasi va yarim final bilan tabriklayman. Terma jamoa Koreyaga qarshi uchrashuvga jismonan tayyor holatda. Ertaga oʻz oʻyinimizni namoyish etib gʻalaba qozonishni maqsad qilganmiz.

📲 t.me/FAUzbekistan


from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/LXxUrSl

Comments

Popular posts from this blog

2023-2024 oquv yillari uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Toshkent shahar va viloyat futbol akademiyalariga 4-sinfni tamomlagan 10-11 yoshl...

📋 OAV vakillari diqqatiga! Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining bugungi mashgʻulotlari “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda soat 17:50 da ...

🖼 📋 1 iyun Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlab FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi doirasida “Primary school kindergarten” futbol makta...