Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullayev va jamoa futbolchisi Sherzod Abdulboriyev Saudiya Arabisto...

🇺🇿 Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullayev va jamoa futbolchisi Sherzod Abdulboriyev Saudiya Arabistoniga qarshi oʻyin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Jamoliddin Rahmatullayev

Ertangi oʻyin haqida:
Avvalambor ushbu bosqichga yetib kelgan barcha jamoalarni tabriklayman. Chorak final oʻyinlari barcha uchun muhim hisoblanadi. Ushbu oʻyin Jahon chempionati yoʻllanmasini ham taqdim etadi. Shu sababli biz mazkur muhim oʻyinda gʻalaba uchun harakat qilamiz.

Futbolchilarga motivatsiya berish haqida:

Biz ushbu turnirga juda katta motivatsiya bilan kelganmiz. Yigitlarda ishtiyoq juda yuqori. Oʻyindan oʻyinga jamoa har tomonlama rivojlanib bormoqda, ertaga ishtiyoqqa toʻlib maydonga tushamiz. Bu futbolchilar bizning kelajagimiz. Aytganimdek, ularning oʻsishlari, faoliyatlarida yirik turnirlar katta ahamiyatga ega.

Guruh bosqichi va chorak final oʻyinlari:
Guruh bosqichi uchrashuvlari yakunlandi, endi esa bor eʻtiborimizni ertangi bahsga qaratganmiz. Saudiya Arabistoniga qarshi oʻyinga boshqacha yondashuv bilan tayyorgarlik koʻrmoqdamiz. Masʻuliyat va sovuqqonlik bilan kerakli natija uchun maydonga tushamiz.

Sherzod Abdulboriyev

Ertangi oʻyin haqida:
Ertaga muhim uchrashuvda maydonga tushamiz. Oʻzimizga boʻlgan ishonch bilan gʻalabaga erishishni maqsad qilganmiz. Bu borada tayyorgarlik ham olib boryapmiz. Raqibimizni oʻrganishda davom etyapmiz.

📲 t.me/FAUzbekistan


from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/bW219gT

Comments

Popular posts from this blog

2023-2024 oquv yillari uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Toshkent shahar va viloyat futbol akademiyalariga 4-sinfni tamomlagan 10-11 yoshl...

📋 OAV vakillari diqqatiga! Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining bugungi mashgʻulotlari “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda soat 17:50 da ...

🖼 📋 1 iyun Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlab FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi doirasida “Primary school kindergarten” futbol makta...