Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati hududlarda futbol ommaviyligini oshirish bolalar-oʻsmirlar futbolini yanada rivojlantirish boʻyicha...
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati hududlarda futbol ommaviyligini oshirish, bolalar-oʻsmirlar futbolini yanada rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish va kelgusidagi rejalarni muhokama qilish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
Kunning birinchi qismida Qarshidagi “Geolog” sport majmuasida “Sevinch” ayollar futbol maktabi ochilish marosimi hamda “FIFA womenʼs football campaign” festivali boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston futbolchilari uyushmasi rahbariyati, viloyat mutasaddilari, futbolchi, murabbiylar, faxriylar va bir qator nufuzli mehmonlar ishtirok etdi.
Tadbirda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov viloyati hokimligiga hamda “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi” rahbariyatiga minnatdorchilik aytib, yaqin kelajakda mazkur akademiya tarbiyalanuvchilari orasidan terma jamoamiz va viloyat klublariga kuchli futbolchilar yetishib chiqishiga tilak bildirdi. O‘z navbatida, futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoyev taklif va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.
Shundan keyin Kasbi bolalar-o'smirlar futbol akademiyasining ish faoliyati, infratuzilmasi va futbolchilar uchun yaratilgan mavjud sharoitlar oʻrganildi. Bolalar futboli boʻyicha masʼul mutasaddilar bilan joriy yilda ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan ishlar tahlili va kelgusi rejalar koʻrib chiqildi.
Ayni paytda qurilishi davom etayotgan mazkur hududda zamonaviy infratuzilma barpo etish, maydonlar holatini yaxshilash, tarbiyalanuvchilar uchun yetarlicha sharoitlarni tashkil etish bo'yicha bir qator vazifalar belgilandi. O'rganilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
📲 t.me/FAUzbekistan
from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/c5EeI80
Comments
Post a Comment