🖼 📋 OʻFA vakillari Fransiyaning “Clairefontaine” futbol markazi faoliyati bilan tanishdilar Avval xabar berganimizdek, Toshkent viloyatida ba...

📋 OʻFA vakillari Fransiyaning “Clairefontaine” futbol markazi faoliyati bilan tanishdilar

Avval xabar berganimizdek, Toshkent viloyatida barpo etilayotgan Oʻzbekiston terma jamoalari uchun markazini xalqaro standartlar asosida bunyod etish, jihozlash va faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida futboli rivojlangan bir qator davlatlarning tajribalari oʻrganilmoqda.

OʻFA rahbariyati FIFA taklifiga binoan dunyodagi eng mashhur futbol markazlaridan biri boʻlgan “Clairefontaine”da boʻldi. Fransiyadagi mazkur infratuzilma 62 gektar hududda joylashgan boʻlib, unda 8 ta maydon, futbol ilmiy-tadqiqot markazi, tibbiy-reabilitatsiya markazlari, konferens xonalar, fitnes va anjumanlar zali, milliy terma jamoalar uchun yotoqxonaga ega. Bundan tashqari, bu yerda Fransiya milliy futbol akademiyasi joylashgan boʻlib, maskan jahon futboliga Tyeri Anri, Nikola Anelka, Kilian Mbappe singari bir qancha yulduzlarni yetkazib bergan.

OʻFA vakillari Toshkent viloyatidagi bazadan oʻrin oladigan obyektlarni xalqaro standartlarga moslashtirish boʻyicha kerakli tavsiyalar oldilar. Terma jamoalar markazida joylashishi koʻzda tutilgan mashgʻulotlar zali, ilmiy-tadqiqot markazi, reabilitasiya markazi, mashg‘ulot maydonlari, yopiq sport kompleksi va konferensiya xonalarini, futbolchilar yotoqxonasini jihozlash yuzasidan Fransiya tajribasi oʻrganildi. Bir qancha loyihalarga qoʻshimchalar kiritilishi belgilandi.

📲 t.me/FAUzbekistan


from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/jyNOEKL

Comments

Popular posts from this blog

2023-2024 oquv yillari uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Toshkent shahar va viloyat futbol akademiyalariga 4-sinfni tamomlagan 10-11 yoshl...

📋 OAV vakillari diqqatiga! Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining bugungi mashgʻulotlari “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda soat 17:50 da ...

🖼 📋 1 iyun Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlab FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi doirasida “Primary school kindergarten” futbol makta...