🖼 📋 O'FA rahbariyati Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bilan uchrashdi Bugun O'FA rahbariyati Argentinada boʻlib oʻtgan U-20 Jahon chempionat...

📋 O'FA rahbariyati Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bilan uchrashdi

Bugun O'FA rahbariyati Argentinada boʻlib oʻtgan U-20 Jahon chempionatida ishtirok etib qaytgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bilan uchrashdi.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov yoshlarimizga futbol jamoatchiligi nomidan mundialdagi ishtirok uchun minnatdorchilik bildirdi. Mazkur musobaqagi ishtirok tahlil qilgan holda, qaysi yo'nalishlarda yana-da ko‘proq ishlash kerakligini ko'rsatib berganini aytdi. Ushbu futbolchilarimizga ishonch bildirilib, o‘z ishiga professioan yondashisa, futboldan chalg‘imasa, imkoniyatlardan unumli foydalansa kelajakda olimpiya va milliy jamoalardan mustahkam joy egallashi mumkinligi ta‘kidlandi.
Bu borada o'z ustida yanada qattiq ishlab, bor kuch-g'ayratini sarflashlari zarur.

O'FA rahbari terma jamoalar tarkibini yanada kuchaytirish, futbolchilarning jismoniy, ruhiy hamda tibbiy holati ustida ishlash bo'yicha tegishli topshiriqlar berdi. Mazkur terma jamoada iqtidorli futbolchilar ko'p ekanligi, ular kattalar o‘rtasidagi musobaqalarda yanada yuqori natijalar qayd etishlariga ishonch bildirildi.

Oʻz navbatida, jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarov, yetakchi futbolchilar Umarali Rahmonaliyev va Abbosbek Fayzullayev OʻFAga eʼtibor uchun va tayyorgarlik uchun yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi.

📲 t.me/FAUzbekistan


from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/YXqJmBK

Comments

Popular posts from this blog

2023-2024 oquv yillari uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Toshkent shahar va viloyat futbol akademiyalariga 4-sinfni tamomlagan 10-11 yoshl...

📋 OAV vakillari diqqatiga! Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining bugungi mashgʻulotlari “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda soat 17:50 da ...

🖼 📋 1 iyun Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlab FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi doirasida “Primary school kindergarten” futbol makta...