FIFA vakillari yangi barpo etilayotgan Oʻzbekiston terma jamoalari markazining maydonlari bilan tanishdilar Xabaringiz bor ayni kunlarda T...
FIFA vakillari yangi barpo etilayotgan Oʻzbekiston terma jamoalari markazining maydonlari bilan tanishdilar
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Toshkent viloyatida FIFA bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan Oʻzbekiston terma jamoalari markazidagi qurilish-rekonstruksiya ishlari qizgʻin davom etmoqda. FIFA vakillari Andrey Vashkevich va Lorenso Fofi ushbu markazni koʻzdan kechirish maqsadida qurilish maydoniga tashrif buyurishdi.
FIFA vakillari mazkur bazadan oʻrin olgan obyektlar, xususan, asosiy va mashgʻulot maydonlari bilan tanishdilar. “HATKO” mutaxassislari bilan maydonlar holati, ularni saqlash texnologiyalari, stadion infratuzilmasi yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, ushbu maydonlar Angliyaning “ProPitch” kompaniyasi tomonidan maxsus test yordamida o‘rganib chiqildi va xulosalar taqdim qilindi.
Oʻz oʻrnida FIFA vakillari loyiha yuzasidan oʻzlarining takliflarini bildirib oʻtishdi.
📲 t.me/FAUzbekistan




from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/exgn0qY
Comments
Post a Comment