FIFA vakillari Jahon chempionati oldidan Oʻzbekistonda futbol infratuzilmasini oʻrganadilar Oʻzbekiston soʻnggi yillarda FIFA hamda OFK miqyo...
FIFA vakillari Jahon chempionati oldidan Oʻzbekistonda futbol infratuzilmasini oʻrganadilar
Oʻzbekiston soʻnggi yillarda FIFA hamda OFK miqyosidagi nufuzli musobaqalarni yurtimizda oʻtkazish yuzasidan katta qadamlarni tashladi. Buning natijasida mamlakatimiz oʻtgan davr mobaynida turli yosh toifasidagi qitʼa birinchiliklariga mezbonlik qildi. Bu borada toʻplangan tajriba keyingi turnirlarga mezbonlik qilish uchun katta imkoniyatni taqdim etdi.
Xususan, FIFA Kengashining navbatdan tashqari yigʻilishida Oʻzbekiston futzal boʻyicha 2024-yilgi Jahon chempionati mezboni etib belgilandi.
Ushbu nufuzli musobaqani yurtimizda oʻtkazish borasida Mahalliy tashkiliy qoʻmita tomonidan FIFAga mavjud infratuzilma yuzasidan maʼlumotlar taqdim etildi. Uchrashuvlar oʻtkaziladigan majmualar va mashgʻulot zallarining FIFA talablariga, xususan, xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish borasidagi harakatlar boshlandi. Oʻz oʻrnida, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi FIFAga Jahon chempionati oʻyinlarini oʻtkazish mo‘ljallanayotgan quyidagi majmualarni taqdim etdi:
“Humo” arena (Turnirning ochilish va final uchrashuvi mazkur oʻyingohda oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda), “Yunusobod” sport majmuasi, “Alpomish” muz saroyi, Milliy Gimnastika saroyi, Farg‘onaning “SAMO” sport majmuasi, Samarqand Muz saroyi, Buxoro hamda Andijondagi arenalar.
Bundan tashqari, jamoalar mashgʻulot oʻtkazishlari uchun 10 ga yaqin majmua va sport zallari taqdim etildi.
Bir necha kundan soʻng FIFA vakillari Jahon chempionati oldidan Oʻzbekistonda futbol infratuzilmasini oʻrganish, tahlil qilish va xulosalarni berish maqsadida yurtimizga tashrif buyurishadi. Mahalliy tashkiliy qoʻmita hamrohligida musobaqaga mezbonlik qilishi kutilayotgan shaharlar bilan tanishadilar. FIFA tomonidan majmualar, mashgʻulot zallari, mehmonxonalar, aeroport, vokzal va yoʻllar talabga javob berishi oʻrganiladi hamda yakuniy xulosa taqdim etiladi.
📲 t.me/FAUzbekistan
from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/eFgbPT9
Comments
Post a Comment