FIFA delegatsiyasi Samarqand shahridagi sport majmualarini kozdan kechirdi Xabaringiz bor Ozbekiston arenalari 2024-yilda bolib ota...
- Get link
- X
- Other Apps
📋 FIFA delegatsiyasi Samarqand shahridagi sport majmualarini ko’zdan kechirdi
Xabaringiz bor, O’zbekiston arenalari 2024-yilda bo’lib o’tadigan futzal bo’yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Birinchi bor yurtimizda bo’lib o’tadigan mazkur mundial Toshkent shahri va boshqa shaharlarda tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Ayni vaqtda mamlakatimizda bo’lib turgan FIFA mutahassislari dastlab Toshkent, Andijon va Farg’ona shahridagi sport inshootlarini o’rgangan bo’lsa, bugun ular Samarqand shahriga tashrif buyurdi.
O’FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov hamda futzal qo‘mitasi raisi Jahongir Usmonov boshchiligidagi O’FA ishchi guruhi FIFA vakillarini Samarqand Shahridagi “Ice Arena” majmuasidagi barcha shart-sharoitlar bilan tanishtirdi. Arena maydonini jahon standardlariga mos tarzda tayyorlash hamda jamoalarning kiyim almashtirish xonalari, ofislar, media markaz, kameralar uchun platformalar va boshqa zaruriy sharoitlar FIFA talablariga muvofiq tashkil etilishi bo’yicha fikrlar almashildi.
Shuningdek, delegatsiya vakillari Olimpiya va paralimpiya sport turlariga moʻljallangan kompleks hamda mashgʻulot zallarini koʻzdan kechirdi.
Rejaga muvofiq, keyingi manzil Buxoro viloyatidagi sport majmualari hisoblanadi. Shundan keyin FIFA vakillari dastlabki xulosalarini taqdim etadilar.
📲 t.me/FAUzbekistan

from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/bF6OzXH
- Get link
- X
- Other Apps
Comments
Post a Comment