🖼 📋 “CAFA Nation's Cup” xalqaro musobaqasi tayyorgarlik ishlariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi Xabaringiz bor, joriy yilning 11 - 2...
- Get link
- X
- Other Apps
📋 “CAFA Nation's Cup” xalqaro musobaqasi tayyorgarlik ishlariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Xabaringiz bor, joriy yilning 11 - 20 iyun kunlari Toshkent shahrida “CAFA Nation's Cup” xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtadi. Mintaqamizning nufuzli musobaqasini yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan saʼy-harakat davom ettirilmoqda. Xususan, OʻFA ishchi guruhi tomonidan turnir oʻtkaziladigan stadionlar, mehmonxonalar va mashgʻulot maydonlari shay holatga keltirilgan.
Musobaqa oʻtkazishga masʼul boʻlgan Markaziy Osiyo futbol konfederatsiyasi delegatsiyasi mamlakatimizga yetib keldi. Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida CAFA va OʻFA vakillari ishtirokida turnirga tayyorgarlik ishlariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Dastlab CAFA vakillari Oʻzbekistonning mazkur yirik turnirni tashkil etish tashabbusi uchun minnatdorchilik bildirdilar.
Yig’ilishda musobaqaning tashkiliy jarayonlari, hususan, tashrif buyuradigan delegatsiya va mehmonlarni munosib kutib olish, ularga barcha sharoitlarni taqdim etish, mehmonxonalardagi qulayliklar, stadionlar va mashg‘ulot maydonlari sifatini ta‘minlash masalalari muhokama qilindi. Musobaqa ishtirokchilari hamda mehmonlarning xavfsizligini ta‘minlashga alohida e‘tibor qaratildi. Stadionlarda fuqarolar va transport harakatini tartibga solish borasidagi rejalar muvofiqlashtirildi. Matbuot va media vakillariga barcha sharoitlarni yaratish zarurligi ta‘kidlandi.
Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislarning takliflari o‘rganib chiqildi va mas‘ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Eslatib oʻtamiz, musobaqa ishtirokchisi boʻlgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi guruh bosqichidagi dastlabki bahsini 11-iyun kuni Ummonga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi
📲 t.me/FAUzbekistan

from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/39nigje
- Get link
- X
- Other Apps
Comments
Post a Comment