🖼 “CAFA Nation’s Cup” turniri oldidan hakamlar uchun seminar tashkil etildi Bugun Toshkent shahrida CAFA nufuzli musobaqasida faoliyat yuritadig...

CAFA Nation’s Cup” turniri oldidan hakamlar uchun seminar tashkil etildi

Bugun Toshkent shahrida CAFA nufuzli musobaqasida faoliyat yuritadigan hakamlar ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda OʻFA birinchi vitse-prezidenti, CAFA hakamlar qoʻmitasi raisi Ravshan Irmatov hamda CAFA bosh kotibi Ulug‘bek Karimov ishtirok etib, ilk bor tashkil etilayotgan mazkur musobaqaning mintaqamiz futboli uchun ahamiyati yuqoriligi, ko‘plab mamlakatlarga translyatsiya qilinishini sababli, hakamlarga o‘z darajasini namoyish etish imkoniyatini taqdim etishi haqida so‘z yuritdilar.

Seminar davomida hakamlar futboldagi yangi qoidalar aks etgan maxsus videolavhalar ustida ishladilar. Bir qator epizodlar tahlil qilindi. Shuningdek, instruktorlar tomonidan oʻyindagi vaziyatlar yuzasidan nazariy mashgʻulotlar tashkil etildi. “CAFA Nation’s Cup”da VAR tizimi qo‘llanilmasligi sababli hakamlarga har bir epizodga maksimal e‘tibor va mas‘uliyat bilan yondashish talab etildi.

📲 t.me/FAUzbekistan


from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/ZJdiwv1

Comments

Popular posts from this blog

2023-2024 oquv yillari uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Toshkent shahar va viloyat futbol akademiyalariga 4-sinfni tamomlagan 10-11 yoshl...

📋 OAV vakillari diqqatiga! Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining bugungi mashgʻulotlari “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda soat 17:50 da ...

🖼 📋 1 iyun Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlab FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi doirasida “Primary school kindergarten” futbol makta...