🖼 📋 Bugun Qatar poytaxti Doha shahrida OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa raisligida Osiyo futbol konfederatsiyasi ijroiya qoʻmi...

📋 Bugun Qatar poytaxti Doha shahrida OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa raisligida Osiyo futbol konfederatsiyasi ijroiya qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi ish boshladi. Unda OFK ijroqoʻm aʼzosi sifatida OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ishtirok etyapti. Yigʻilishda 2024-yil avvalida oʻtkaziladigan Osiyo kubogining tashkiliy qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinmoqda. Nufuzli musobaqada jamoalarning joylashuvi, mashgʻulotlari, translyatsiya va marketing huquqlari kabi masalalar boʻyicha takliflar koʻrib chiqilyapti. Turli yosh toifalaridagi qit‘a musobaqalari hamda bu yil yangi formatda o‘tkaziladigan Osiyo Chempionlar Ligasi tashkiliy qo‘mitasining hisoboti tinglandi. Yigʻilishda FIFA prezidenti Janni Infantino qatnashib, Osiyo kubogining muvaffaqiyatli o‘tkazishda Jahon chempionati tajribasini qo‘llash masalalarida fikr yuritdi.

📲 t.me/FAUzbekistan


from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/mrjTYSW

Comments

Popular posts from this blog

2023-2024 oquv yillari uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Toshkent shahar va viloyat futbol akademiyalariga 4-sinfni tamomlagan 10-11 yoshl...

📋 OAV vakillari diqqatiga! Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining bugungi mashgʻulotlari “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda soat 17:50 da ...

🖼 📋 1 iyun Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlab FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi doirasida “Primary school kindergarten” futbol makta...