🔁🖼 Bolalar Muruvvat uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar olindi va mini-futbol uchrashuvi o‘tkazildi. Farg‘ona shahrida joylashgan Bolalar Mu...

Forwarded From Ferghana Football Association (MEDIA FFA)

Bolalar Muruvvat uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar olindi va mini-futbol uchrashuvi o‘tkazildi.

Farg‘ona shahrida joylashgan Bolalar Muruvvat uyi tarbiyalanuvchilarini holidan xabar olish maqsadida Farg‘ona futbol assotsiatsiyasi hamda Farg‘ona futbol akademiyasi ishchi xodimlari tashrif buyurdilar.
Nogironligi bor bolalarga Akademiya murabbiyi Xasanboy Ergashev futbol sirlarini o‘rgatdi va Akademiya tarbiyalanuvchilari nogironligi bor bolalar bilan aralashgan holda mini-futbol uchrashuvini o‘tkazdilar.

Tadbir so‘ngida Muruvvat uyi tarbiyalanuvchilarini kayfiyatini ko‘tarish va ularni sport bilan shug‘ullanishlari uchun Farg‘ona futbol assotsiatsiyasi hamda Futbol Akademiyasi tomonidan futbol toplari va sport kiyimlari topshirildi.

📲 t.me/FerghanaFootballAssociation


from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/kQBTNDt

Comments

Popular posts from this blog

2023-2024 oquv yillari uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Toshkent shahar va viloyat futbol akademiyalariga 4-sinfni tamomlagan 10-11 yoshl...

📋 OAV vakillari diqqatiga! Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining bugungi mashgʻulotlari “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda soat 17:50 da ...

🖼 📋 1 iyun Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlab FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi doirasida “Primary school kindergarten” futbol makta...