🖼 📸 Argentina maydonlarida boʻlib oʻtadigan yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining start olishiga sanoqli kunlar qoldi. Osiyo chempioni si...

📸 Argentina maydonlarida boʻlib oʻtadigan yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining start olishiga sanoqli kunlar qoldi. Osiyo chempioni sifatida mundialga yoʻlga olgan Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi guruh bosqichida Argentina, Gvatemala va Yangi Zelandiya vakillariga qarshi bahs olib boradi.

OʻFA rahbariyati musobaqa oldidan Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi aʼzolari bilan uchrashdi. Jahon chempionatida Vatan sharafini himoya qilish har bir futbolchi uchun faxr ekanligi, jamoa birdam boʻlib, futbolimiz darajasini xalqaro maydonda munosib namoyon etish kerakligi taʼkidlandi. Faxriylarimiz har bir futbolchi professionalizm, intilish va mehnatsevarlikni oʻzida mujassam qilgan holda maydonga tushishlari kerakligini aytdilar.

Oʻz oʻrnida jamoamizning bir qator yetakchi futbolchilari ham oʻz fikrlarini bildirib oʻtishdi. Shundan keyin rahbariyat murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashdi. Tibbiy shtabga musobaqa davomida futbolchilarning sogʻligʻi, tiklanishi va vitaminizatsiyalash jarayoniga jiddiy eʼtibor berish, yuqori darajada tibbiy yordam koʻrsatish amaliyotini davom ettirishga koʻrsatma berdi.

Uchrashuv yakunida OʻFA rahbariyati masʼuliyatli turnir oldidan jamoamizga yana bir bor omad tiladi.

📲 t.me/FAUzbekistan


from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/ew30VgS

Comments

Popular posts from this blog

2023-2024 oquv yillari uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Toshkent shahar va viloyat futbol akademiyalariga 4-sinfni tamomlagan 10-11 yoshl...

📋 OAV vakillari diqqatiga! Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining bugungi mashgʻulotlari “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda soat 17:50 da ...

🖼 📋 1 iyun Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlab FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi doirasida “Primary school kindergarten” futbol makta...