🖼 📋 Womenʼs Olympic Football Tournament Paris 2024™ Asian Qualifiers “A” guruhidan oʻrin olgan jamoalar bosh murabbiylari va futbolchilar i...
- Get link
- X
- Other Apps
📋 Womenʼs Olympic Football Tournament Paris 2024™ Asian Qualifiers
“A” guruhidan oʻrin olgan jamoalar bosh murabbiylari va futbolchilar ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi.
Midori Honda
Saralash bosqichi haqida:
Biz bu oʻyinlarga qadar bir yil mobaynida oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazdik. Oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdik. Umuman olganda, bu bosqichga yetarlicha tayyorgarlik koʻrdik, deb oʻylayman.
Raqiblar haqida:
Raqiblarimizni oʻrganib bordik va futbolchilarga ular haqida maʼlumotlar berib keldik. Xorijda tajribali jamoalarga qarshi oʻyin oʻtkazdik. Doimiy ravishda oʻyinimizni tahlil qilib bordik. Bu oʻyinlar bizga mazkur bosqichda yordam beradi.
Raqiblarimizni kuchsiz hisoblamaymiz. Menda raqibni mensimaslik, degan tushuncha yoʻq. Xususan, qizlarimiz ham bunday fikrda emas. Ular bu oʻyinlarda raqiblarni hurmat qilgan holda maydonga tushadilar.
Tarkib haqida:
Bizda yoʻqotishlar yoʻq. Jarohat olganlar ham sekin-astalik bilan tarkibga qaytmoqda. Oʻyinlarga tayyormiz. Fursatdan foydalanib barcha yurtdoshlarimizni qizlarimizni qoʻllab-quvvatlash va motivatsiya berish uchun uchrashuvlarga taklif qilib qolaman.
Kamila Zaripova
Saralash bosqichi haqida:
Murabbiy aytganidek, saralash bosqichiga qadar biz yetarli tayyorgarlik koʻrdik deb oʻylayman. Xorijda ham oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazdik va koʻplab kuchli jamoalarga qarshi oʻynadik.
Jamoaning ichki muhiti haqida gapirsam, hammasi yaxshi holatda. Biz bir-birimizni qoʻllab-quvvatlagan holda harakat qilmoqdamiz. Barcha oʻyinlarda gʻalaba qozonishni maqsad qilganmiz.
📲 t.me/FAUzbekistan

from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/1lkQVRB
- Get link
- X
- Other Apps
Comments
Post a Comment