📋 U-20 terma jamoamiz a‘zosi Shahriyor Jabborov bo‘yicha ma'lumot Osiyo futbol konfederatsiyasi yurtimizda bo‘lib o‘tgan U-20 Osiyo kubogi bo‘...

📋 U-20 terma jamoamiz a‘zosi Shahriyor Jabborov bo‘yicha ma'lumot

Osiyo futbol konfederatsiyasi yurtimizda bo‘lib o‘tgan U-20 Osiyo kubogi bo‘yicha tibbiy xulosasini taqdim etdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston — Avstraliya uchrashuvidan keyingi doping tekshiruvda terma jamoamizning bir nafar futbolchisi - Shahriyor Jabborovda ta’qiqlangan modda aniqlangan. Ushu tekshuriv “A”, ya‘ni birinchisi hisoblanib, undan so‘ng “B” qo‘shimcha tekshiruvi o‘tkaziladi. Aynan ikkinchi tekshiruvdan so‘ng yakuniy qaror chiqariladi.

O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati boshchiligida mazkur holatni to‘liq o‘rganib chiqish yuzasidan ichki tekshiruv boshlangan. Unda futbolchi, tibbiy qo'mita mutaxassislari, terma jamoa hamda klub shifokorlari ishtirok etishmoqda.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, Jabborov ehtiyotsizlik sabab sifatsiz biologik faol moddalar iste‘mol qilgan bo‘lishi ehtimoli o‘rganib chiqilmoqda.

Shuni ta'kidlash kerak, turnir davomida O'zbekiston U-20 terma jamoasining aksariyat futbolchilari doping tekshiruvdan o‘tgan va hech kimda ta'qiqlangan vositalar aniqlanmagan.

Tekshiruv natijalari bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar rasmiy sahifalarimiz orqali e‘lon qilinadi.

📲 t.me/FAUzbekistan



from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/sO3KwSv

Comments

Popular posts from this blog

2023-2024 oquv yillari uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Toshkent shahar va viloyat futbol akademiyalariga 4-sinfni tamomlagan 10-11 yoshl...

📋 OAV vakillari diqqatiga! Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining bugungi mashgʻulotlari “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda soat 17:50 da ...

🖼 📋 1 iyun Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlab FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi doirasida “Primary school kindergarten” futbol makta...