🖼 📋 O'FA va O‘zbekiston milliy antidoping agentligi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bugun OʻFA hamda O‘zbekiston milliy antid...

📋 O'FA va O‘zbekiston milliy antidoping agentligi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bugun OʻFA hamda O‘zbekiston milliy antidoping agentligi tomonidan U20 terma jamoasi futbolchisi Shahriyor Jabborov bilan bog‘liq vaziyat tahlil qilindi. Kelgusida bu kabi holatlar ro‘y berishiga yo'l qo'ymaslik borasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalar muhokama qilindi.

Barcha yoshdagi terma jamoalar, klublar va futbol akademiyalarida doping nazoratini yanada kuchaytirish, futbolchilar o‘rtasida taqiqlangan va zararli moddalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni targ'ib qilish muhimligi ta'kidlandi. Murabbiylar va tibbiyot xodimlarini ushbu yo'nalishda bilimlarini oshirish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, yurtimiz ichki chempionatlarida xalqaro doping nazorati standartlarini qat‘iy joriy etish masalasi muhokama qilindi.

Konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuv yakunida tomonlar kop yillik hamkorlik memorandumini ishlab chiqishga kelishib olishdi.

📲 t.me/FAUzbekistan


from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/lKhRH0a

Comments

Popular posts from this blog

2023-2024 oquv yillari uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Toshkent shahar va viloyat futbol akademiyalariga 4-sinfni tamomlagan 10-11 yoshl...

📋 OAV vakillari diqqatiga! Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining bugungi mashgʻulotlari “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda soat 17:50 da ...

🖼 📋 1 iyun Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlab FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi doirasida “Primary school kindergarten” futbol makta...