📸 OʻFA rahbariyati va Yaponiya kompaniyasi vakili Hara Shuichiro oʻrtasida hamkorlik masalalariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda keyingi yillarda ikki mamlakat oʻrtasida futbolni rivojlantirish borasidagi harakatlar yangi bosqichga chiqayotgani, yaponiyalik murabbiylar yurtimizda samarali faoliyati yuritib kelayotgani qayd etildi.
Professional futbolda sport tibbiyoti yildan yilga muhim ahamiyat kasb etayotgani sababli, OʻFA yaponiyalik hamkorlar bilan birga ayollar terma jamoalariga sport tibbiyoti mutaxassislarini jalb etgan. Endilikda barcha terma jamoalarga yaponiyalik sport tibbiyoti mutaxassislarni taklif qilish masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida tomonlar Parij-2024 Olimpiadasi saralash uchrashuvlarida Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi uchun homiylarni jalb etgan holda, turli marketing tadbirlarini tashkillashtirish koʻzda tutilgan shartnoma imzolashdi.
📲 t.me/FAUzbekistan


from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/B89wQyg
Comments
Post a Comment