🖼 📋 29-aprel kuni mamlakatimiz futboli afsonasi, faxriy futbolchi va murabbiy Igor Shkvirin 60 yoshni qarshi oldi. Bugun Oʻzbekiston futbol ass...

📋 29-aprel kuni mamlakatimiz futboli afsonasi, faxriy futbolchi va murabbiy Igor Shkvirin 60 yoshni qarshi oldi. Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida Igor Anatolyevichni yubileyi munosabati tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda OʻFA faxriylar kengashi vakillari, yaqin va uzoq oʻtmishdagi futbolimiz yulduzlari ishtirok etib, kun qahramonining uzoq va sermahsul faoliyatini yodga oldilar. OʻFA faxriylar kengashi raisi Toʻlagan Isoqov futbol jamoatchiligi nomidan Shkvirinni tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tiladi. Uning hayot yoʻli yosh futbolchilar uchun namuna boʻlishini taʼkidladi.

Oʻz navbatida, MOQ faxriylar kengashi raisi Bahodir Maxsitov ham 60 yoshni qarshi olgan sportimiz fidoyisining futbolchi va murabbiylikdagi yutuqlarini eslab oʻtdi. Shuningdek, “OKMK”, “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Qizilqum” klubi vakillari hamda Igor Shkvirin bilan bir davrda faoliyat olib borgan bir qator afsonalar kun qahramonini muborakbod etishdi.

Tadbir davomida minnatdorchilik ramzi sifatida uzoq yillik mehnati uchun maxsus mukofotlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

📲 t.me/FAUzbekistan


from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/uY1dQOj

Comments

Popular posts from this blog

2023-2024 oquv yillari uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Toshkent shahar va viloyat futbol akademiyalariga 4-sinfni tamomlagan 10-11 yoshl...

📋 OAV vakillari diqqatiga! Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining bugungi mashgʻulotlari “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda soat 17:50 da ...

🖼 📋 1 iyun Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlab FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi doirasida “Primary school kindergarten” futbol makta...