📋 Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan terma jamoalar faoliyati bilan bog‘liq yaqin va uzoq muddatli loyiha va rejalar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, 2028-yilda boʻlib oʻtadigan Olimpiada oʻyinlariga tizimli va sifatli tayyorgarlik koʻrish maqsadida 2005-yilda tugʻilgan futbolchilardan iborat “Olimpik farm” jamoasi tashkil etildi.
OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov yigʻin oʻtkazayotgan jamoaning mashgʻulotlarida ishtirok etib, murabbiylar shtabi bilan tashkil etilayotgan yigʻinlar tahlili, futbolchilarning holati va imkoniyatlari, shuningdek, yaqinlashib kelayotgan musobaqalarga tayyorgarlik rejalari xususida suhbatlashdi.
2028-yilda Los-Anjelesda boʻlib oʻtadigan Olimpiada oʻyinlariga reja asosida, tizimli tayyorgarlik koʻrish zarur ekanligini taʼkidlandi. Rahbariyat futbolchilarga oldinda turgan nufuzli musobaqaga bor kuch va gʻayratlari bilan tayyorgarlik koʻrish kerakligi aytilib, ularga omad tiladi.
📲 t.me/FAUzbekistan


from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/zItLPSv
Comments
Post a Comment