🖼 OʻFA hamda OFK vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi Oʻzbekiston soʻnggi yillarda OFK hamda FIFA miqyosidagi nufuzli musobaqalarni yu...
- Get link
- X
- Other Apps
OʻFA hamda OFK vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston soʻnggi yillarda OFK hamda FIFA miqyosidagi nufuzli musobaqalarni yurtimizda oʻtkazish yuzasidan katta qadamlarni tashladi. Buning natijasida yurtimiz oʻtgan davr mobaynida turli yosh toifasidagi qitʼa birinchliklariga mezbonlik qildi.
Xususan, 2026-yilda ayollar oʻrtasidagi Osiyo Kubogini qabul qilish boʻyicha yakuniy nomzod mamlakatlar qatorida Oʻzbekiston ham bor. Shu munosabat bilan Osiyo futbol konfederatsiyasi vakillari qitʼaning eng nufuzli musobaqasiga mezbonlik qilish imkoniyatlarini oʻrganish, tahlil qilish va yakuniy xulosalarni berish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurishdi.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida oʻtkazilgan uchrashuv avvalida mutaxassislar yurtimizda boʻlib oʻtgan U-20 Osiyo kubogining yuqori saviyada oʻtganligini alohida eʼtirof etishdi va bu borada OʻFA vakillariga minnatdorchilik bildirishdi. OʻFA hamda OFK oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik ishonch hamda hurmat asosida qurilgan ekanligini va kelgusida OFK tasarrufidagi bir nechta musobaqalar aynan Oʻzbekistonda boʻlib oʻtish imkoniyatlari yuqori ekanligi taʼkidlandi.
OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan yaqin hamkorlikda oʻtkazilgan Osiyo kubogi yurtimizda bayramona ruhda oʻtib, millionlab muxlislar uchun unutilmas lahzalarni taqdim etganligini bildirdi.
Rejaga koʻra, OFK va OʻFA vakillari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Toshkent, Fargʻona, Qarshi va Buxorodagi mavjud sharoitlar inspeksiya qilinadi. Futbol infratuzilmasi, stadionlar, mashgʻulot maydonlari hamda delegatsiyalar joylashadigan mehmonxonalardagi qulayliklar va xizmat sifati, yashash xonalari va ovqatlanish joylari oʻrganib chiqiladi.
Shuningdek, uchrashuvda yana bir qancha yoʻnalishlar, xususan, ayollar futboli haqida soʻz yuritildi. Keyingi yil yurtimizda boʻlib oʻtadigan ayollar oʻrtasidagi U-20 Osiyo kubogiga tayyorgarlik rejalari muhokama qilindi.
Mutasaddilarga rejaga muvofiq bajarilishi kerak boʻlgan keyingi vazifalar belgilab berildi.

from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/y01f3rV
- Get link
- X
- Other Apps
Comments
Post a Comment