🖼 📋 Oʻzbek futboli faxriysi Sayfiddin Irmatov 70 yoshda! Koʻplab hakamlar va iqtidorli sportchilarni tayyorlagan murabbiy Sayfiddin Irmatov bu...

📋 Oʻzbek futboli faxriysi Sayfiddin Irmatov 70 yoshda!

Koʻplab hakamlar va iqtidorli sportchilarni tayyorlagan murabbiy Sayfiddin Irmatov bugun yubiley 70 yoshni qarshi oldi. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida oʻtgan tadbirda futbol faxriysi munosib taqdirlandi. Unda MOQ, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Sport faxriylari kengashi rahbariyati ishtirok etdi.

Tadbir davomida Sayfiddin Gaziyevichning oʻzbek futboli rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi haqida toʻxtalib oʻtildi. U yetishtirgan shogirdlar, murabbiylik va hakamlik faoliyati haqida iliq fikrlar bildirildi. Shuningdek, OʻFA, Kasaba uyushmalarining jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi mutasaddilari ham yubiley ayyom bilan qutladilar. Oʻz navbatida, Sayfiddin Irmatov koʻrsatilgan eʼtibordan mamnun boʻlganini, bundan keyin ham yurtimiz futboli rivoji uchun qoʻlidan kelgancha yordam berishga tayyor ekanini bildirdi.

Maʼlumot uchun, Sayfiddin Gaziyevich Irmatov 1953-yil 22-fevral kuni Toshkentda tavallud topgan. Bolaligidan futbolga mehr qoʻyib, millionlar oʻyini bilan shugʻullanib kelgan. Jumladan, yoshlik davrlarida “Paxtakor”, “Spartak” va “Avtomobilchi” jamoalarida toʻp surgan. Shundan soʻng Sayfiddin Gaziyevich “Paxtakor” bolalar-oʻsmirlar sport maktabi va xalq orasida “Chigʻatoy” nomi bilan mashhur boʻlgan futbol boʻyicha Respublika Oliy sport mahorati maktabida yoshlarga futboldan saboq bergan. Keyinchalik futbol hakami va inspektori sifatida samarali mehnat qilgan.

Sayfiddin Irmatov faoliyati davomida koʻplab isteʼdodli yosh hakamlarni tarbiyalashda katta hissa qoʻshgan. Shogirdlari orasida FIFA referisi, futbol mundiallarini boshqarish boʻyicha jahonning mutlaq rekordchisi Ravshan Irmatov, shuningdek, Abduhamidullo Rasulov kabi taniqli hakamlarni uchratish mumkin. Shuningdek, tarkibida Server Jeparov, Shuhrat Mirxoldirshoyev, Yaroslav Krushelniskiy, Yuriy Nikitov kabi iqtidorlarni jamlagan 1982-yilda tugʻilgan futbolchilardan iborat Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan.

📲 t.me/FAUzbekistan


from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/ybfgl12

Comments

Popular posts from this blog

2023-2024 oquv yillari uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Toshkent shahar va viloyat futbol akademiyalariga 4-sinfni tamomlagan 10-11 yoshl...

📋 OAV vakillari diqqatiga! Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining bugungi mashgʻulotlari “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda soat 17:50 da ...

🖼 📋 1 iyun Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlab FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi doirasida “Primary school kindergarten” futbol makta...