OFK va OʻFA vakillari U-20 Osiyo kubogi oldidan Fargʻona viloyatidagi tayyorgarlik jarayonini oʻrgandilar
1-18 mart kunlari Toshkent va Fargʻona shaharlarida qitʼaning eng nufuzli turnirlaridan biri — U-20 Osiyo kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov hamda mazkur musobaqa bosh koordinatori Jessie Dai Fargʻona viloyatiga tashrif buyurib, hududdagi futbol infratuzilmasini inspeksiya qildilar.
Delegatsiya vakillari “Istiqlol” stadioni, Quvasoy va Kirguli mashgʻulot maydonlarida olib borilayotgan musobaqa oldi tayyorgarlik ishlarini koʻzdan kechirdilar. Shuningdek, mashgʻulotlarga olib boruvchi yoʻllar, tashkiliy-maʼmuriy zonalar, kiyim almashtirish xonalari, media tribunalar, maydonlar holati, xususan, yoritish va drenaj tizimlari oʻrganib chiqildi.
Ishchi guruhga Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Fayzullo Qosimov va Fargʻona shahri hokimi Vosiljon Nazarov hamrohlik qilib, tayyorgarlikni oʻz vaqtida yakunlash hamda musobaqani yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha oʻzaro fikr almashdilar.
📲 t.me/FAUzbekistan







from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/N6LZ8Xa
Comments
Post a Comment