📋 OʻFA maxsus inspeksiyasi tomonidan Superliga va Pro liga klublari ishtirokida seminarlar davom ettirilmoqda
Avval xabar berganimizdek, OʻFA maxsus inspeksiyasi vakillari tomonidan yangi mavsum oldidan jamoalar ishtirokida seminarlar oʻtkazilmoqda. Bugun “Turon” futbol klubi bilan ana shunday uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda OʻFA maxsus inspeksiyasi vakillari kelishilgan oʻyinlarga yoʻl qoʻymaslik, uning salbiy oqibatlari va qoʻllaniladigan keskin choralar haqida tushunchalar berib oʻtdilar. Klub rahbariyati, murabbiylar va futbolchilarga mavzuga oid maʼlumotlar taqdim etildi.
📲 t.me/FAUzbekistan



from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/02n5fri
Comments
Post a Comment