🖼 📸 U-20 Osiyo kubogiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda Joriy yilning mart oyida yurtimizda oʻtkaziladigan 20 yoshgacha futbolchilar oʻrtas...

📸 U-20 Osiyo kubogiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda

Joriy yilning mart oyida yurtimizda oʻtkaziladigan 20 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlariga oz fursat qoldi.

Shu kunlarda ishchi guruh Fargʻonadagi qurilish ishlarini koʻzdan kechirdi. Xususan, mashgʻulot maydonlari hamda oʻyinlar boʻlib oʻtadigan “Istiqlol” stadioni, undagi tashkiliy-maʼmuriy xonalar, matbuot anjumani va konferens zallarning xalqaro standartlarga muvofiqligi oʻrganildi.

Fargʻona viloyati hokimligi, viloyat futbol assotsiatsiyasi, quruvchi tashkilot va mutasaddilar tomonidan rejaga muvofiq bajarilishi kerak boʻlgan keyingi vazifalar muhokama qilindi. Oldinda musobaqaga qadar qisqa vaqt qolganligi hisobga olinib, barcha jarayonlarni yanada tezlashtirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

📲 t.me/FAUzbekistan


from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/TXxdZ8F

Comments

Popular posts from this blog

2023-2024 oquv yillari uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Toshkent shahar va viloyat futbol akademiyalariga 4-sinfni tamomlagan 10-11 yoshl...

📋 OAV vakillari diqqatiga! Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining bugungi mashgʻulotlari “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda soat 17:50 da ...

🖼 📋 1 iyun Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlab FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi doirasida “Primary school kindergarten” futbol makta...