🖼 📋 Oʻzbekistonlik hakamlar uchun FIFA nazoratchisi Farhod Abdullayev ishtirokida FIFA onlayn seminari tashkil etildi Seminarni Oʻzbekiston fu...

📋 Oʻzbekistonlik hakamlar uchun FIFA nazoratchisi Farhod Abdullayev ishtirokida FIFA onlayn seminari tashkil etildi

Seminarni Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Unda soʻnggi Jahon chempionati davomida kiritilgan qator oʻzgarishlar keyingi 4 yil uchun hakamlikdagi asosiy yoʻnalishlarni belgilab berishi, ularni chuqur oʻrganish va navbatdagi musobaqalarda tatbiq etilishi oldimizda turgan asosiy vazifaligi taʼkidlandi.

Oʻz navbatida mazkur jarayon kelgusida hakamlarimizning mahalliy va xalqaro faoliyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatishi mumkinligi aytildi. Bu borada tajribali FIFA nazoratchisi Farhod Abdullayev oʻz bilimlarini hakamlarimiz bilan boʻlishishi maʼlum qilindi.

Ushbu zamonaviy oʻyin qoidalari va FIFA tomonidan taqdim etilgan koʻrsatmalarni milliy chempionat oʻyinlariga joriy etilishi kelgusida milliy terma jamoalarimizning xalqaro darajada qayd etadigan natijalariga bevosita taʼsir koʻrsatishi alohida qayd etildi.

Maʼlumot uchun, oʻzbekistonlik hakamlar 4 kun davomida FIFA onlayn seminari orqali yangi koʻnikmalarni oʻzlashtirishlari rejalashtirilgan.

#hakamlik

📲 t.me/FAUzbekistan



from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/1O5iEaD

Comments

Popular posts from this blog

2023-2024 oquv yillari uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Toshkent shahar va viloyat futbol akademiyalariga 4-sinfni tamomlagan 10-11 yoshl...

📋 OAV vakillari diqqatiga! Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining bugungi mashgʻulotlari “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda soat 17:50 da ...

🖼 📋 1 iyun Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlab FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi doirasida “Primary school kindergarten” futbol makta...