🖼 📋 OAV vakillari diqqatiga! Joriy yilning 27-30 yanvar kunlari Toshkent shahrida “CAFA Women's Futsal Championship 2023” xalqaro musobaqasi b...
📋 OAV vakillari diqqatiga!
Joriy yilning 27-30 yanvar kunlari Toshkent shahrida “CAFA Women's Futsal Championship 2023” xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtadi.
Mazkur bahslar “Yunusobod” yopiq sport majmuasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu uchrashuvlarni oʻz nashrlarida yoritmoqchi boʻlgan OAV vakillari akkreditatsiya orqali oʻyin oldi va oʻyindan keyingi rasmiy tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin.
Sportga ixtisoslashgan OAV vakillari 23-yanvar soat 12:00 ga qadar media@ufa.uz elektron pochtasiga 6 nafargacha (4 nafar jurnalist, 2 nafar fotograf) boʻlgan xodimlar roʻyxatini ularning pasport va rasmiy fotosuratini ilova qilgan holda yuborishlari soʻraladi.
📲 t.me/FAUzbekistan

from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/9KTSZxA
Comments
Post a Comment